
Xabaringiz bor, " 7-oktabr Jahon paxta kuni" munosabati bilan Toshkent shahrida xalqaro tashkilot vakillari va 30 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etgan xalqaro konferensiya otkazildi. Konferensiya doirasida paxtachilik sohasidagi yangiliklar, ilmiy yutuqlar hamda O‘zbekistonda erishilayotgan natijalar muhokama qilindi. Konferensiyada mamlakatimizda paxta hosildorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov paxtachilikda yuqori natijalarga erishishda "5D" tamoyili va sakkizta muhim agrotexnik qoidaning ahamiyatini ta’kidladi. Bu haqda "Kun.uz" saytida "O‘zbekiston paxtachiligi qanday o‘zgardi va bu haqda dunyoda nima deyishmoqda?" sarlavhasi ostida maqola chop etildi.
Manba: Telegram kanali



