O‘zbekiston–Misr hamkorligi: organik poliz mahsulotlari eksporti yangi bosqichda

O‘zbekiston–Misr hamkorligi: organik poliz mahsulotlari eksporti yangi bosqichda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Misr delegatsiyasi vakili janob Shaker Muhammad Arafat ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida mehmon institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, poliz ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy ishlanmalari hamda organik dehqonchilikni rivojlantirishga qaratilgan izlanishlar bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida organik usulda qovun va tarvuz yetishtirish, mahsulot sifatini xalqaro standartlar asosida ta’minlash, qayta ishlash hamda eksport talablariga muvofiq mahsulot tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, organik mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top