
Shu kunlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda.
Ayni paytda delegatsiya a’zolari urug‘chilikka ixtisoslashgan Anhui Luyi kompaniyasining urug‘chilik maydonlarida bo‘lib, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ekinlarni yetishtirish texnologiyalari hamda zamonaviy agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishmoqda.
Dala maydonlaridagi ishlar bilan tanishish jarayonida xitoylik mutaxassislar bilan tajriba almashilmoqda. Shuningdek, urug‘chilik va seleksiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
Ushbu uchrashuv va amaliy muloqotlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.






Manba: Telegram kanali



