
Bulung‘ur tumanida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning “Xinjiang Jiuyu Agricultural Development Co. Ltd.” kompaniyasi hamkorligida makkajo‘xorining serhosil duragaylari urug‘chiligini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda soha mutaxassislari, olimlar va fermerlar ishtirok etdi. Seminar davomida mahalliy sharoitda yetishtirilayotgan urug‘lik maydonlari namoyish qilindi.
Tadbir tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” informatsion dasturida yoritildi..
Manba: Telegram kanali



