1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni!

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1 oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Ustoz — inson hayotida ilm va ma’rifatga yo‘l ochadigan, o‘zining bilim va tajribasi, hayotiy saboqlari bilan yosh avlodning kamol topishiga munosib hissa qo‘shadigan ulug‘ zotdir. Ayniqsa, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohasida ustozlarning ko‘p yillik tajribasi, ilmiy maktabi va fidokorona mehnati yangi avlod mutaxassislarini tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish, innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish hamda sohaga malakali kadrlarni tayyorlash borasida ustoz va murabbiylarning hissasi alohida e’tirofga loyiq.

Sizlarning ilmiy izlanishlaringiz, boy tajribangiz, kasbiy mahoratingiz va shogirdlarga berayotgan saboqlaringiz nafaqat bugungi kun, balki qishloq xo‘jaligining kelajakdagi taraqqiyoti uchun ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bayram munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, ilmiy va kasbiy faoliyatda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlar kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.

Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi!

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top