
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “Ona Yerni plastik qoldiqlaridan tozalaymiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan ekologik tashabbusda Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ham faol ishtirok etmoqda.
Tashabbus doirasida institutning hududiy ilmiy-tajriba stansiyalarida atrof-muhitni asrash, qishloq xo‘jaligi hududlarini plastik chiqindilardan tozalash va chiqindilarning dala hamda yo‘l chetlariga tashlanishining oldini olish maqsadida maxsus chiqindi yig‘ish moslamalari (yashiklar) o‘rnatilmoqda.
Manba: Telegram kanali



