
O‘tgan haftada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tashkil etilgan ma’rifat soatida g‘o‘za parvarishidagi 8 ta muhim qonuniyat haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa, bugungi ma'rifat soati endilikda g'alla parvarishida qo'llaniladigan yangicha “G‘alla parvarishida muhim 8 ta qonun” mavzusi bo'ldi.
Unda Milliy markaz jamoasi hamda tizimidagi barcha ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdi.
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktor o'rinbosari, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev ayni mavzuda g‘alla ekinlarini parvarishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim qonuniyatlar, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish masalalari, g‘alla yetishtirishda ilmiy yondashuvlarga amal qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, mavjud ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning ahamiyati haqida taqdimot qildi.
Tashkil etilayotgan ma’rifat soati qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy bilimlarni keng targ‘ib etish, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.





Manba: Telegram kanali



