
Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan zig‘irning yangi navi “Baraka” deb nomlandi.
Navning o‘suv davri 88–92 kunni, o‘simlik bo‘yi 58–62 santimetrni tashkil etadi. Ming dona urug‘ining vazni 5,8–6,2 gramm bo‘lib, urug‘ tarkibidagi yog‘ miqdori 38–43 foizga teng.
Ushbu nav Intellektual mulk agentligi tomonidan patentlandi.
Manba: Telegram kanali



