


Milliy markaz tizimidagi Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Yuqori samarali qishloq xoʻjalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya boʻlib oʻtdi.



Konferensiyada xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida qishloq xoʻjaligi texnikalarini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, mexanizatsiyalash jarayonlarini raqamlashtirish va ilgʻor xorijiy tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi turdagi qishloq xoʻjaligi mashinalari va ularning namunalari ishtirokchilarga tanishtirildi. Tadbirda innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.



Anjuman doirasida xitoylik hamkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish, yangi loyihalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan resurstejamkor texnikalarni yaratish boʻyicha kelishib olindi.