
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yosh tadqiqotchilar turli yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Yo’sh izlanuvchilar Milliy markazda tashkil etiladigan “Doktorantlar kuni”da o‘z tadqiqotlari natijalarini ustoz olimlarga taqdim etadilar.
Galdag’i seminarda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Hamidullo Ahatov golubika (Vaccinium corymbosum L.) navlarini sun’iy mutagenez usulida yaratish va ko‘chatlarni yetishtirishni takomillashtirish mavzusidagi izlanishlari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, Zoom platformasi orqali Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich doktoranti Feruza Oltiboyeva takroriy ekin sifatida yetishtirilgan loviya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga qurg‘oqchilikning ta’sirini o‘rganish mavzusidagi tadqiqoti bilan qatnashdi.
Tadbirda ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, ustozlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdilar. Taqdimotlar jarayonida har ikki doktorantning olib borgan izlanishlari muhokama qilindi, ularga zarur tavsiyalar va xulosalar berildi.



