“Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish va obodonlashtirish ishlari olib borildi

blank

Andijon viloyati Agroxizmatlar markazi hamda Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

Agroxizmatlar markazining yangi binosi atrofiga institut tashabbusi bilan qimmatbaho, manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda institut xodimlari faol ishtirok etib, obodonlashtirish ishlariga ham hissa qo‘shdilar.

Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada go‘zal va barqaror etish, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

blank
blank
Прокрутить вверх