Unda paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish, yetishtirilgan hosilni to‘liq saqlab qolish va uning sifat ko‘rsatkichlarini oshirishda g‘o‘zani o‘z vaqtida pishirish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish muhim ekani ta’kidlangan.
Maqolada ilmiy yondashuv, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish orqali paxta yetishtirish samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, hosilni dalada yo‘qotishlarning oldini olish, har bir agrotexnik jarayonni puxta tashkil etish va fermerlarning bilim-tajribasini oshirish dolzarb vazifalardan biri ekani qayd etilgan.




