Yangi navlarni yaratishda ilmiy hamkorli

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning Dingxi Academy of Agricultural Science muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida olimlar donli va moyli ekinlarning turini boyitish, yuqori hosil beradigan va iqlimga mos yangi navlarni yaratish, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutmoqda.

Hamkorlikning yana bir muhim jihati — olimlar zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash yo‘lida birga izlanish olib boradilar.

Прокрутить вверх