Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi farmon va qarorlari, siyosiy yangiliklar, xalqaro hamkorlik aloqalari, ichki va tashqi siyosatdagi dolzarb o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning siyosiy ongini oshirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Bunday ma’rifiy uchrashuvlar fuqarolik jamiyatining shakllanishida, ijtimoiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi.



