Yana bir hamkorlikdagi loyihaning ilk natijasi

blank

Janubiy Koreyalik hamkorlar bilan mamlakatimiz qishloq xo’jaligi ilmida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ana shunday loyihalardan biri – Koreya texnologiyasiga asoslangan zamonaviy issiqxonalar majmuasidir. Zamonaviy issiqxonalarda mahalliy olimlar va koreyalik mutaxassislar hamkorligida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan qulupnayning «Tong ifori» navi yetishtirilmoqda.

Bugun Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov loyihaning ilk natijalari bilan bevosita tanishdi. U qulupnay yetishtirish jarayonini, texnologiyalarni va mahsulot sifatini yuqori baholadi.

Shuhrat Otajonov, shuningdek, qulupnayning o’ziga xos shirín ifori, betakror ta’mi va chiroyli ko’rinishga ega ekanligini ta’kidladi. U, bu mahsulotni eksportbop sifatida yuqori baholadi va uni xalqaro bozorga chiqarish imkoniyatlarini qayd etdi. Bu kabi loyihalar nafaqat hosil yetishtirishni, balki ilm, texnologiya va tajriba almashishni ham ta’minlamoqda.

blank
blank
Прокрутить вверх