Bugun, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida an’anaviy “Hosil bayrami” bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu yorqin va ijodiy tadbirda «O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti» doktorantlari ham institut olimlarining ilmiy ishlanmalari, istiqbolli nav namunalari va zamonaviy seleksiya yondashuvlari bilan munosib ishtirok etmoqda.
Institut stendida talabalar va mehmonlar:
– mevali va sabzavot ekinlarining genetik xilma-xilligini;
– iqlimga moslashtirilgan navlar imkoniyatlarini;
– innovatsion seleksiya va genetik resurslarni boshqarish bo‘yicha yangi ishlanmalarni ko‘rishlari, shuningdek mutaxassislar bilan bevosita suhbatlashishlari mumkin.
Talabalar uchun bu — nafaqat bayram, balki ilm va amaliyotning bir sahifada uchrashgan lahzasi. Hosil mo’l va rang-barang, bilim esa cheksiz!


