“O‘zbekiston-Vengriya” biznes forumi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti (Hungarian University of Agriculture and Life Sciences (MATE) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi (memorandumi) imzolandi. Memorandum doirasida Vengriyaning agrar sohada oid ilg‘or texnologiyalarini transfer qilish, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi yutuqlarni joriy qilish, hamkorlikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek oliy ta’lim sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va olimlarning qisqa muddatli stajirovkalarini hamda doktorantura dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.