Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Small Farmers as Agricultural Innovators for Resilient Agrifood Ecosystems” loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida issiqxona sharoitida bodring va pomidor ekinlari urug‘chiligi bo‘yicha kichik fermerlar va tomorqa xo‘jalik egalari uchun zarur ko‘nikmalar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi — global iqlim o‘zgarishlari sharoitida kichik fermer va tomorqa egalari bodring hamda pomidorni zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yetishtirish, sifatli urug‘chilikni yo‘lga qo‘yish orqali barqaror va yuqori daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.
Mutaxassislar tomonidan dala sharoitida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilib, qatnashchilarga ilg‘or tajribalar, agrotexnik usullar va urug‘chilik sir-asrorlari batafsil tushuntirildi.
