Urugʻchilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktori Bunyod Mamarahimov Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafar Ziyayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion yondashuvlar asosida urugʻchilik tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda 103dan ortiq ekin turlarining 43ming 500ga yaqin nav namunalari saqlanadigan «Milliy genofond» kolleksiyalaridan foydalangan holda yangi navlar yaratish, ularni chatishtirish orqali istiqbolli gibrid navlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi kelishib olindi. Xususan, kolleksiyalarda mavjud mosh, makkajoʻxori, soya va boshqa dukkakli ekinlar boʻyicha sifatli urugʻchilikni tashkil etish ustuvor yoʻnalish sifatida belgilandi.

blank
blank
Прокрутить вверх