Turkiyalik hamkorlar bilan samarali uchrashuv

blank

“Qo‘shrabot Agro Star” MCHJ bilan hamkorlikda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand hamda Charxin ilmiy-tajriba stansiyalarida Turkiyaning uzum yetishtiruvchi va eksport qiluvchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur tadbir davomida turkiyalik mutaxassislar va institut olimlari o‘rtasida uzum yetishtirish, quritish va eksport qilish bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, kelgusida O‘zbekistonda mayizbop uzum navlarini yetishtirish hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan muhim hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Прокрутить вверх