Tadbirni Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ochib berdi. Ayollarning tashabbuskorligi va teran mulohazasini e’tirof etib: «Ayollar har jabhada yetakchi. Ayol bir vaqtni o’zida oila, farzand, ish va ilmni teng olib bora oladi. Buni bizning tizimda faoliyat olib borayotgan siz aziz ayollarimiz misolida bemalol isbotlay olaman. Paxtachilik, sholichilik, donchilik, o’simlikshunoslik deymizmi hamma sohada ayollarimni roli va o’rni beqiyos.» — deya olimalarga o’z tabrigini yo’lladi.
Shundan so’ng Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Mas’udjon Sattorov, O’zbekiston «Agrar soha ayollari» uyushmasi raisi Adiba Ahmedjanovalar so’zga chiqib, qishloq xo’jaligi ilmidagi ayollarning o’rni haqida nutq so’zladi.



