Toshkent davlat agrar universitetida 7-oktabr — «Butunjahon paxta kuni» munosabati bilan tantanali marosim bo’lib o’tdi

blank

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazirlik tizimidagi tashkilotlar vakillari, ilmiy muassasalar olimlari hamda paxtachilik sohasining ilg‘or mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbirni ochib bergan vazir Ibrohim Abdurahmonov jahon miqyosida paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, innovatsion texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, O‘zbekiston paxtachiligi so‘nggi yillarda agrar siyosatdagi muhim yo‘nalish sifatida modernizatsiya qilinayotgani, xususan, hosildor navlar yaratish, suv tejamkor sug‘orish tizimlarini joriy etish, xom paxtani chuqur qayta ishlash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida O‘zbekiston bugun jahon paxtachilik bozorida raqobatbardosh, ekologik toza paxta ishlab chiqaruvchi davlatlar safidan munosib o‘rin egallab bormoqda.

Прокрутить вверх