Tomchilatib sug‘orish va yangi navlar – hamkorlik markazida

I. Jaxayev nomidagi Qozog‘iston Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti delegatsiyasi vakillari Milliy markaz tizimidagi Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida birlashma direktori D. Utambetov mehmonlarni birlashma olimlari tomonidan yaratilgan yangi qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va ularni yetishtirishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, “Eko Orol” dasturi doirasida muqobil energiya manbalari asosida, tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanilgan holda sholi yetishtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari namoyish etildi.

Tashrif yakunida tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish bo‘yicha hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib oldilar.
blank
blank
blank
blank
Прокрутить вверх