

Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jurayev Diyor Turdiqulovich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar Diyor Turdiqulovich Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.