Takroriy ekinlarda ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda

Takroriy ekinlarda ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda
Videoni Telegram kanalida ko‘rish 6:44

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan samarali foydalanish, chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini shakllantirish hamda iqlim o‘zgarishlariga mos ekinlarni aniqlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari izchil davom etmoqda.

Institutning dala tajriba maydonlarida takroriy ekin sifatida xorijiy jo‘xori navlari yetishtirilib, ularning mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchanligi o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar davomida navlarning qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishi sharoitlariga chidamliligi, o‘sishi va rivojlanishi, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda ozuqaboplik xususiyatlari ilmiy jihatdan baholanmoqda.

Mazkur tadqiqotlar natijasida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan oqilona foydalanish, takroriy ekinlar hisobidan qo‘shimcha hosil olish, chorvachilik uchun barqaror va sifatli ozuqa bazasini yaratish hamda noqulay iqlim sharoitlariga mos, istiqbolli jo‘xori navlarini aniqlash imkoniyatlari kengaytiriladi.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top