Smart farm innovatsion markazi iş boşladi

Smart farm innovatsion markazi iş boşladi

Özbekiston qişloq xöjaligiga ilğor texnologiyalarni joriy etiş, zamonaviy issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş va agrar sohada raqamli yeçimlardan foydalaniş borasidagi xalqaro hamkorlik yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Bugun Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablağlari hisobidan amalga oşirilgan "Özbekistonda "aqlli qişloq xöjaligi" sanoat texnologiyalari innovatsion markazini taşkil etiş" loyihasining yakuniy hisobot seminari hamda markazning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagiPQ-321-son qarori asosida amalga oşirildi. Qarorda aynan uşbu innovatsion markazni taşkil etiş uçun 2022–2026-yillarda Koreya Respublikasi Hukumatining 14 million AQŞ dollari miqdoridagi grant mablağlarini jalb etiş belgilangan.

Oçiliş marosimida qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, tarmoq mutaxassislari, soha vakillari, Koreya Respublikasidan taşrif buyurgan hamkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Tadbirni qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov kiriş sözi bilan oçib, mazkur markazning mamlakatimizda aqlli qişloq xöjaligini rivojlantiriş, ilğor xorijiy texnologiyalarni mahalliy şaroitga moslaştiriş va amaliyotga tatbiq etişdagi ahamiyatiga alohida töxtaldi. Şuningdek, markazning ilmiy tadqiqotlar, innovatsion işlanmalar va zamonaviy agrotexnologiyalarni işlab çiqarişga joriy etiş borasida yaratadigan imkoniyatlarini taʼkidladi.

Loyihani amalga oşirişda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi, Koreya Maşinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Koreya Texnologiyalarni rivojlantiriş instituti (KIAT), CAMTIC ilğor mexatronika texnologiyalari instituti hamda "Agro Solution Korea" kompaniyasi vakillari iştirok etdi.

Loyiha doirasida 2024–2025-yillarda KOAMI tomonidan 1,8 million AQŞ dollarlik aqlli issiqxona tizimlari va işlab çiqariş liniyalari, şuningdek, 1,9 million dollarlik zamonaviy laboratoriya uskunalari yetkazib berilib, örnatildi.

Şuningdek, 2024-yilda Toşkent va Samarqand, 2025-yilda esa Xorazm, Farğona va Buxoro viloyatlarida zamonaviy aqlli issiqxonalar barpo etilib, foydalanişga topşirildi.

Yangi innovatsion markaz tarkibida gidroponika, suv sifatini tahlil qiliş, maʼlumotlarni qayta işlaş, uruğlik va ösimliklarni sinovdan ötkaziş laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-işlab çiqariş korpuslari taşkil etildi. Şuningdek, mutaxassislar va soha vakillarining bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan öquv-amaliyot yönalişlari ham yölga qöyildi.

Tadbir doirasida loyihaning yakuniy hisobot seminari ham bölib ötdi. Unda amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar sarhisob qilinib, yaratilgan infratuzilmadan samarali foydalaniş, Koreya tajribasini mahalliy şaroitga moslaştiriş hamda ilğor texnologiyalarni mamlakatimiz qişloq xöjaligiga keng joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi.

Marosim yakunida iştirokçilar yangi taşkil etilgan laboratoriyalar, zamonaviy issiqxona tizimlari va markazning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanişdilar.

Mazkur markazning işga tuşirilişi Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi agrar sohadagi ilmiy-texnik hamkorlikning muhim amaliy natijasidir. U mamlakatimiz qişloq xöjaligida ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini mustahkamlaş, suv va energiya resurslaridan samarali foydalaniş, raqamli boşqaruv tizimlarini rivojlantiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni ommalaştiriş hamda mahalliy mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali

Scroll to Top