Respublikada yetishtirilayotgan sholi maydonlarida agrotexnik tadbirlarning samarali bajarilishi bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida ishchi guruhlar viloyatlarda faoliyat yuritmoqda.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Mas’udjon Sattarov va Baxtiyor Qodirov Namangan viloyatida bo‘lib, “Xokim ota” fermer xo‘jaligining 6 gektar, “Mingbuloq elita” fermer xo‘jaligining 8 gektar, “Sarmon ota nabirasi” fermer xo‘jaligining 17 gektar hamda “Rasuljon o‘g‘li Bahodir G‘ofurov” fermer xo‘jaligining 7 gektar maydonida institutda yaratilgan Iskandar va Lazurniy navlari urug‘lik sholilarining rivojlanish holati, begona o‘tlar va begona navlardan xoli ekani o‘rganildi.
Fermerlarga aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

