Sholichilikda innovatsiya: agrodrondan samarali foydalanish bo‘yicha amaliyot

blank

Avval xabar berganimizdek, Sholichilik (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/10208) ilmiy-tadqiqot institutida “Sholichilik sohasida yangi zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.
Ayni damda ilmiy muassasaning tajriba maydonida agrodrondan foydalanish imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etilmoqda. Mutaxassislar ushbu zamonaviy texnologiyaning sholichilikda hosildorlikni oshirish, suv va resurslardan yanada tejamkorlik bilan foydalanish, shuningdek, zararkunandalarga qarshi kurashda qanday natijalar berishini tushuntirib bermoqda.
Seminar doirasida agrodrondan foydalanish jarayoni bevosita namoyish qilinib, uning samaradorligi ishtirokchilarga yaqqol ko‘rsatib berilmoqda. Tajriba maydonida o‘tkazilayotgan sinovlar agrotexnologiyalarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqlamoqda.

blank
blank
Прокрутить вверх