
Milliy markazda “Sholichilikda innovatsion ilmiy yondashuv zamon talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Janubiy Koreyaning “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida tashkil etilgan.


Yig‘ilishda loyihaning 2025 — yil yakuniy hisoboti tinglanmoqda. Unda ikki tomonlama ilmiy hamkorlik natijalari, yangicha agrotexnologiyalar joriy etilishi va sholi yetishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar muhokama qilinmoqda.