Sholichilik sohasida O‘zbekiston – Vetnam hamkorligi kengaymoqda

Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh olim va mutaxassislari Vetnamda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif “O‘zbekiston – Vetnam o‘rtasida sholichilik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vetnamning sholi zararkunandalariga qarshi kurashish borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

Safarning dastlabki kunida shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi Cuu Long Deltasi sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda institut direktori doktor Tran Ngoc Thach mehmonlarga institut faoliyati va olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ham Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidagi tadqiqot ishlari, sholi yetishtirishdagi mavjud muammolar va ularga echim topishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ma’lumot o‘rnida, safarda ishtirok etayotgan mutaxassislar joriy yilning 21 iyun kunlari davomida Cuu Long Deltasi sholichilik institutining laboratoriya va tajriba maydonlari faoliyati bilan tanishishadi.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх