Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Tojikiston Respublikasining Maxsus mulk agentligi bilan hamkorlikda Tojikistonda sholining yangi navlari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yildi.
Shartnomaga asosan institut seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan “Iskandar” va “Ixlos” navlari urug’lari maxsus kassetalarda undirilib, 20 kunlik ko‘chatlari agentlikning So‘g‘d viloyatidagi Palos hududida takroriy ekin sifatida 1,3 gektar maydonga ekildi.
Boshlangan xayrli tashabbus izchil davom etadi. Institut olimlari sholi hosili yig’ib olingunga qadar agrotexnik tadbirlarni sifatli o’tishini nazorat qilib boradilar.
