Sеlеksiyadan innovatsiyagacha: ozarbayjonlik olimlar bilan sabzavotchilik yo‘nalishida hamkorlik qilinadi

Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi, tizimdagi bir necha ilmiy muassasalar rahbarlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Safarning muhim natijalaridan biri sifatida Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/10440)

blank

Прокрутить вверх