Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov hamda Sirdaryo viloyati hokimi E.Turdimov Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazi yangi binosining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdilar

Qurilish jarayoni bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati va belgilangan muddatlarga amal qilinishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tashrif davomida yangi binodan samarali va maqsadli foydalanish, zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan markaz orqali hududdagi agroxizmatlar faoliyatini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bino kelgusida nafaqat ofis yoki ma’muriy maskan, balki fermerlar va mutaxassislarning bilim va tajriba oshirish markazi sifatida xizmat qiladi

blank
blank
blank
Прокрутить вверх