“Qulupnay yetishtirish” bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar boshlandi

Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamkorligida 42 soatga mo‘ljallangan “Qulupnay yetishtirish” bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarga mashg‘ulotlarni olib borish uchun Koreya  Respublikasining Seul universiteti professori Kim Son Xyon hamda “TG” kompaniyasiнинг qulupnay yetishtirish bo‘yicha eksperti O Kyong Vonlar jalb etilgan. 

Seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xodimlari va tizimdagi 3 ta ilmiy-tadqiqot instituti, Fanlar Akademiyasi tarkibidagi 2 ta institut, Toshkent davlat agrar universitetidan jami 40 nafar mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
blank
blank
blank
Прокрутить вверх