Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari ham bir yoqadan bosh chiqarib, faol qatnashdilar.
Xususan, markaziy apparat xodimlari o‘z xizmat xonalari va vazirlik hududida tartib-intizomni ta’minlab, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Har bir xodim o‘ziga biriktirilgan joyni tozalash, ko‘rkamlashtirish orqali hashar ruhini amalda namoyon etdi.
Mazkur tashabbus nafaqat ishchi muhitni yanada qulaylashtirdi, balki jamoada hamjihatlik, birdamlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasining umumxalq tadbirlarida faol ishtiroki – yurtimizni obod qilish, insonlar turmush sharoitini yaxshilash va “Yashil makon” umumxalq harakatiga munosib hissa qo‘shish yo‘lidagi fidoyiligidan dalolat beradi.



