Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi 32-Xitoy Yanlin xalqaro qishloq xo‘jaligi yarmarkasida ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi Yanlin shahrida joriy yilning 24 –26 — oktabr kunlari 32-Xitoy Yanlin qishloq xo‘jaligi yuqori texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida zamonaviy qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, agrar texnologiyalar almashinuvi va o‘qitishga bag‘ishlandi.

Tadbirda SHHTga a’zo va kuzatuvchi 26 ta davlatdan qishloq xo‘jaligi sohasidagi 100 ga yaqin rasmiy vakillar ishtirok etib, zamonaviy qishloq xo‘jaligini ilmiy-innovatsion rivojlantirish, transchegaraviy elektron savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbatida SHHT davlatlari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy va tadqiqot hamkorligini kengaytirish, zamonaviy seleksiya, agroinnovatsiyalar, aqlli qishloq xo‘jaligi va agrar sohani raqamlashtirish, shuningdek, O‘zbekistonda Xitoyning Yanlin yuqori texnologiyalar xalqaro markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov nutq so‘zladi.

Tadbir yakunida “2026–2028 yillarga mo‘ljallangan SHHTning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha almashinuv va kadrlar tayyorlash ko‘rgazmali bazasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasi” qabul qilindi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi agrar innovatsiyalar hamkorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Прокрутить вверх