Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Xitoy qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash tadqiqot instituti Group Co., Ltd” kompaniyasi rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar muloqot davomida zamonaviy, resurstejamkor va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni O‘zbekiston agrar tarmog‘iga joriy etish, shuningdek, mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda agrar sohani texnik modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-texnik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Natijada, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari uchun arzon va sifatli agrotexnikalarni mahalliy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.


