Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hamkorligida “Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan strategik maqsadlar samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan o‘zgarishlar, barcha sohalar qatori agrar va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar, bu borada ilmiy yondashuvni kengaytirish muhim strategiya sifatida qaralishi lozimligi haqida fikr yuritildi.
