Qishloq xo‘jaligi sohasini ilmiy-innovatsion rivojlantirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida 2030-yilgacha quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
🔹 Qishloq xo‘jaligiga oid patentlangan yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar sonini 3 baravarga oshirish.
🔹 Xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar sonini 2 baravarga ko‘paytirish.
🔹 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tanlovlarga taqdim etiladigan loyihalar sonini 2 baravarga oshirish.
🔹 Agromaslahatlar va ilg‘or xorijiy agrotexnologiyalar transferi xizmatlaridan foydalanuvchi subyektlar qamrovini 4 baravarga kengaytirish.
🔹 Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga oshirish.
Mazkur ustuvor vazifalar agrar ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.




