
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida, mazkur agrotexnoparkning mamalakatimiz qishloq xo’jaligi salohiyatini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladi. Shundan so’ng, so’zga chiqganlar ikki davlat hamkorligida faoliyati yo’lga qo’yilayotgan yuqori texnologiyalar agrotexnoparki soha ilm-fanini yuksaltirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari hosildorligini oshirish, sifat va eksport salohiyatini ko’tarishga xizmat qilishini ta’kidladilar.



Mazkur sanoat zonasiga Yuqorichirchiq tumanidan jami 116,5 gektar yer maydoni ajratilgan boʻlib, shundan, 55,45 gektar maydonda sanoat zonasi, 61,08 gektarda esa ko’rgazma maydonlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Qiymati 200 mln AQSH dollariga teng boʻlgan ushbu agrotexnoparkda 15 dan ortiq yoʻnalishlarda 20 dan ziyod innovatsion loyihalar amalga oshiriladi.






