Qirg‘izistonda iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mintaqaviy trening o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida “Regional Training Workshop for Master Trainers on Climate Smart Agriculture” mavzusida mintaqaviy trening bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbir BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi “Small Farmers as Agricultural Innovators for Resilient Agrifood Ecosystems” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Treningda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida institut direktorining o‘rinbosari B. Ibrohimov, laboratoriya mudirlari Sh. Aripova va S. Lapasov, Samarqand tajriba stansiyasi direktori A. Ismoilov, hamda Andijon tajriba stansiyasi direktor o‘rinbosari M. Kamilov faol ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tayanch-trenerlarni tayyorlash, kichik fermer xo‘jaliklarining innovatsion salohiyatini kuchaytirish, hamda agroekotizimlarning barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Trening doirasida ishtirokchilar zamonaviy agrotexnologiyalar, ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar.

Ushbu tashabbus orqali O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim barqarorligiga mos innovatsion qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

blank
blank
blank
Прокрутить вверх