Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan 2024 yilda Xitoyning “XinLuZao-78” gʻoʻza navini mahalliy navlar bilan oʻzaro chatishtirish orqali 32 ta F1 duragay kombinatsiyasi yaratilgan edi. Joriy yildagi dala-bosqich tadqiqotlarda shu duragay oʻsimliklarda xorijiy nav bilan qayta chatishtirish ishlari davom etmoqda.
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining barcha ilmiy-tajriba stansiyalarida bo’lgani kabi Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasida ham mahalliy va xorijiy gʻoʻza navlarida fenologik kuzatuvlar asosida bekkross (qayta chatishtirish) tadqiqotlari amalga oshirilmoqda.
Stansiya ilmiy xodimlari 4–5 iyul kunlari har bir duragayda gullar soniga qarab 14 tadan 100 tagacha, jami 581 ta “XinLuZao-78” navini chatishtirdi.
Shu bilan birga, 3–5 iyul kunlari “XinLuZao-78” navining oʻzida ham oʻz-oʻzini chatishtirish ishlari olib borildi va 1152 ta gul yopib chiqildi.
Ushbu tadqiqotlar Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining barcha ilmiy-tajriba stansiyalarida davom etmoqda.
Lavhalar Qashqadaryo ITS, 5 iyul, F1 duragaylar koʻchatzoridagi amaliy seleksiya jarayonidan.
