Institut olimlari ishtirokchilarga yangi navlar, urug‘lik g‘alla maydonlaridagi aprobatsiya jarayonlari va g‘o‘za maydonlaridagi ilg‘or agrotexnik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.
Amaliy ko‘rgazmalar orqali yer unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni ko‘paytirishning zamonaviy usullari namoyish etilmoqda.
Bu seminar qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va fermerlar bilim va tajribasini oshirishga xizmat qiladi.


