
Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hamkorlik tashabbusi (AFACI) doirasidagi RATES va Veg-Breeding+ loyihalari bo‘yicha xalqaro baholash seminari o‘z ishini boshladi.
Tadbirda Koreya, Vyetnam, Tailand, Indoneziya, Nepal, Shri-Lanka, Bangladesh va boshqa mamlakatlardan ilmiy delegatsiyalar ishtirok etmoqda.



🔹 Dastlab ishtirokchilar tanishtirildi.
Shundan so‘ng Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov xalqaro konferensiya ishtirokchilarini tabriklab, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.
🔹 AFACI dasturi rahbari Soo-Yun Park xonim o‘z nutqida O‘zbekiston bilan ilmiy hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori samaralar berayotganini ta’kidladi.



Ayni daqiqalarda esa Qishloq xo‘jaligi vazirining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nuriddin Qoshnazarov konferensiya ishtirokchilarini tabriklab, ushbu tadbirning ahamiyati, unda sabzavotchilik sohasida dunyoning yetakchi olimlari qatnashayotgani va ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi munosib hissasi haqida so‘z yuritmoqda.