Paxta terimiga tayyorgarlik

Paxta terimiga tayyorgarlik: Navoiyda mexanizatorlar uchun seminar o‘tkazildi

✔️ Joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida hosilni sifatli va samarali yig‘ib olish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda sohaga aloqador tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi PQ-67-son qarori ijrosini ta’minlash hamda paxta terimi jarayonida qishloq xo‘jaligi texnikasidan samarali foydalanish maqsadida Navoiy viloyatida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

👥Kurslarda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, mexanizatorlar, yordamchi mutaxassislar, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari hamda viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

🚜Shu yil Navoiy viloyatiga 30 ta zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berildi. Jumladan: 13 ta “BOSHIRAN 4MZ-AC”, 2 ta “SWAN 4MZ-4”, 2 ta “John Deere 9970”, 13 ta “FM WORLD”.

✅Mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga texnikalardan to‘g‘ri foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda mavsum samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

⭐️Seminar yakunida mexanizatorlarga sertifikatlar topshirilib, ularning bilim va malakalari tasdiqlandi.

✅Ushbu chora-tadbirlar kelgusi paxta terimi mavsumida hosilni tezkor va sifatli yig‘ib olishga xizmat qilishi bilan birga, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya jarayonini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.

Прокрутить вверх