Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Raxmankulov Murod Said-Akbarovich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

 Ushbu tayinlovga qadar Murod Said-Akbarovich Toshkent davlat agrar universiteti qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
blank
Прокрутить вверх