Ma’lumki, O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi doirasida “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha orqali Xitoyning “YANLIN” qishloq xo‘jaligi kompaniyasi agrotexnoparkni faqatgina ko‘rgazma maydoni sifatida emas, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini doimiy ishlab chiqaradigan va ularni eksport qiluvchi zamonaviy sanoat majmuasiga aylantirishni maqsad qilgan.
Aynan shu maqsadda ikki tomonlama muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda va muhim kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi direktori Shuhrat Otajonov belgilangan reja asosida loyihaning amalga oshirilish bosqichi bilan tanishdi. Joydagi mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ushbu loyiha mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini raqamlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



