
Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Tojikiston Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi direktori Daler Babayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, xususan, sholichilik yo‘nalishida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.


Manba: Telegram kanali



