Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Janubiy-g‘arbiy chorvachilik va o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, ilmiy-texnik salohiyatni oshirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida chorvachilik va o‘simlikshunoslik yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish hamda qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va forumlar tashkil etish nazarda tutilgan.
Ushbu tashabbus ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi fanining izchil taraqqiyotiga xizmat qiladi.
