Bugun qishloq xo‘jaligi sohasi zamonaviy ilm, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlik bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti Tlektes Yespolov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ikki xalqning agrar taraqqiyoti yo‘lida muhim voqea bo‘ldi.
